Aqiqani qanday o‘tkazganim durust?
Assalamu alaykum! Alloh taologa hisobsiz hamdu-sanolar bo‘lsinki Shayx Hazratlari va oila a’zolarimiz duolarini qabul qilib bizga o‘g‘il farzand ato etdi. Hazratimizning tahrirlaridan o‘tkazib qo‘ygan edim Muhammad Zafar deb ism qo‘ydim. Avvalo farzandim haqiga duo qilsalaringiz. Savolim aqiqa haqida. Alloh xohlasa 6-iyunda, ya’ni tug‘ilganining 7-kuni aqiqa qilish niyatidaman. 2 qo‘y so‘ysam, 40-50 kilogram go‘sht bo‘ladi. Go‘shtni pishirib atrofimizdagi 20-30 xonadonga tarqatsam bo‘ladimi? Yoki uyga chaqiraymi? Chaqirsam bir uydan bir kishi kelar, uyiga yuborsam bolalari bilan ko‘pchilik bo‘lib iste’mol qilsa savobi ko‘p bo‘ladi deb o‘ylayman. Sochi og‘irligi mikdoridagi kumush qiymatiga teng pulga ovqat soladigan idish (20-30 ta) sotib olib, ovqati bilan tarqatib yuborsam, shu hukmni ya’ni sochi og‘irligidagi kumush qiymatida sadaqa berishni bajargan bo‘lamanmi? Imkoniyat darajasida ertarok javob bersalaringiz. Javoblaringiz uchun oldindan rahmat. Alloh barchalarimizdan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hadya uch qismga bo‘linadi. Pul holatida berish, taom tayyorlab uyiga olib borib berish, taom tayyorlar uyiga chaqirib ziyofat qilib berish. Ulardan eng afzali birinchisidir. Aqiqada buning imkoni bo‘lmagani uchun ikkinchisiga amal qilingani afzal. Pishirmay homligicha tarqatish mustahabga ham muvofiq. Soch og‘irligicha kumushni sadaqa qilish aslini bajara olishga imkon bo‘lsa yaxshi, imkoni bo‘lmasa odamlarga qulayini qilish maqsadga muvofiq. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 16:35 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar