Moskvadagi asr vaqti

Assalomu alaykum! Men Moskvada ishlayman, bir taqvimda asr namozi 15:48da yana bir taqvimda16:43da ko‘rsatilgan. Shuni ajratib beringlar, namozni endi boshlaganim uchun qiynalyapman. Oldindan javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Peshinni 15:48gacha kechiktirmay o‘qib oling. 15:48dan shomgacha qaerda jamoat bo‘lsa iqtido qilib o‘qiyvering. O‘zingiz yolg‘iz o‘qisangiz 16:43da o‘qiganingiz afzal. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 20:55 | Savol-javoblar | 169 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar