Bir necha joyga ko‘chganda namoz
Assalomu alaykum! Men rossiya nef va gaz soxasida ishleman. Men asosan ishlagani bu er 2 oydan ko‘p muddatga kelaman. Ish mobaynida biz ko‘chib ko‘chib ishlemiz. Bir joyda qancha qolishimiz aniqmas. Eng kami 3 kun ko‘pi 1 oy. Shunda namozlarim qanday o‘qiman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! «Bir kishi shar’iy musofir bo‘lishi uchun piyoda o‘rtacha yurishda uch kecha-kunduzda etib boradigan masofali yo‘lni bosib o‘tishni niyat qilishi kerak» (Durul Muxtor).Bundan ikki narsa tushuniladi:
1.Safar masofasi uch kecha-kunduzli yo‘l bo‘lishi;
2. O‘shancha masofaga chiqishdan oldin uni qasd (niyat) qilish.Bir odam uch kunlik masofadan kam bo‘lgan masofani qasd qilib chiqdi, deylik. Misol uchun, oraliq masofa 30-35 km bo‘lgan Andijon shahridan Shahrixon shahriga keldi. U erdan qidirgan narsasini topmagach, 50-55 km uzoqlikda joylashgan Namangan shahriga yo‘lga chiqdi. U erdan ham topa olmagach, Qo‘qon shahriga keldi – oradagi masofa 55-60 km. Bunda u birdaniga shar’iy masofani qasd qilmaganligi uchun shar’iy musofirga aylanmaydi. Endi o‘sha narsani Qo‘qondan ham topa olmagach, u Toshkentni qasd qildi, deylik. Bu holda u Toshkentga etib borganda va uning yo‘lida musofir hukmida bo‘ladi. Chunki oraliq masofa 200 kilometrdan ortiq. Bunga dalil quyidagilar:نِيَّةُ مُدَّةِ السَّفَرِ لِأَنَّ السَّيْرَ قَدْ يَكُونُ سَفَرًا وَقَدْ لَا يَكُونُ، لِأَنَّ الْإِنْسَانَ قَدْ يَخْرُجُ مِنْ مِصْرِهِ إلَى مَوْضِعٍ لِإِصْلَاحِ الضَّيْعَةِ ثُمَّ تَبْدُو لَهُ حَاجَةٌ أُخْرَى إلَى الْمُجَاوَزَةِ عَنْهُ إلَى مَوْضِعٍ آخَرَ لَيْسَ بَيْنَهُمَا مُدَّةُ سَفَرٍ ثُمَّ وَثُمَّ إلَى أَنْ يَقْطَعَ مَسَافَةً بَعِيدَةً أَكْثَرَ مِنْ مُدَّةِ السَّفَرِ Musofir kishi safar muddatini niyat qilishi shartdir. Chunki, safar gohida shar’iy safarga aylanadi gohida esa, aylanmaydi. Zero, inson shahar tashqarisiga dehqonchilik uchun ham chiqadi so‘ng undan uzoqroq lekin, shar’iy safar masofasi bo‘lmagan joyga borish fikri tug‘ilib, safarini davom ettiradi, yuriyu-yurib, shar’iy safar masofasidan o‘tib ketib qoladi (Badoi’us sanoi’). Vallohu a’lam!
13 May 2022, 08:22 | Savol-javoblar | 145 | Namoz