Ajrashsa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Bu savolni bir qizning o‘rnidan yozyabman. Menga maslahat bersangiz. Meni o‘zimning roziligimsiz dadam do‘stining o‘g‘liga unashtirib qo‘ygan ko‘rishilmagan gaplashilmagan. Men u yigitga umuman tegishni hohlamasligimni ko‘p marta aytganman uni tabiati etiqodi menga yoqmagan shunga qaramay ota-onam bizni desang shu yigitga tegasan deyishgan. Majburlikdan bo‘lgan. Boshqa bir dindor yigit so‘rab kelgan ota-onam rozi bo‘lmagan. O‘sha bolaga rozi bo‘lganlarida hozir islomiy muhitda yashayotgan bo‘lardim. Kuyovni namozlarini o‘qiydi deb aytgan unday emas ekan. To‘ydan oldin avvalari qizlar bilan zino qilganini tap tortmay tan olganini eshitgandim. Men unga majburlikdan turmushga chiqqanimni kuyovni o‘zi ham bilar edi. To‘ydan keyin ko‘ngil qo‘yib ketadi deb uzatishdi. Unday bo‘lmadi. Men uyda mastura ayollardan bo‘lib, qori va ilmli farzandlarni tarbiya qilishni hohlayman. Qur’on ham o‘qiyman, lekin u hatto namoz o‘qishni ham bilmaydi. Oilaviy muhiti dunyoqarashlari meni farzandlarimni tarbiyasiga meni dinimga salbiy tasir qilishidan qo‘rqaman. Chiqisha olmadik keting dedi bu bir necha kun bir ikki marta keyin jahl bilan ket yo‘qol yashamiyman deb aytdi bunda nima bo‘ladi taloq tushib qolgan bo‘ladimi? Menga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatinglar ajrashsam bo‘ladimi yoki bu ham Allohning bir nemati sinov deb qaraymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq niyatida aytgan bo‘lsa taloq tushadi. Ya’ni niyati taloq qilish, birga yashamaslik va ajrashish bo‘lgan bo‘lsa taloq tushadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:43 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar