Abu Dovud ra dan hadis

A.aleykum vr.vb. Hurmatli Shayh hazratlari shunday hadis eshittim roviysi adashmasam Abu Dovud dan :"Bir kuni Rasululloh s a v oldilariga bir odam kelib katta gunohi borligini, endi nima qilishini aytishlarini surabdi.Shunda Rasulimiz s a v onasi borligini surabdila yuq debdi , holang bormi desala ha debdi. Holangning oldiga bor seni duo qilsin deb aytibdila." Bunday hadis haqiqatan ham bormi mazmuni haqida nima deysiz? Javob uchun oldindan rahmat.Alloh sizdan rozi bulsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
— Abu Bakr ibn Hafsdan rivoyat qilinadi:«Bir odam Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keldi. U gunoh qilgan edi. Bas, u zot:«Sening onang bormi?» – dedilar. «Yo‘q», – dedi. «Sening xolang bormi?» – dedilar. «Ha», – dedi. «Bor! Unga yaxshilik qil!» – dedilar». Hasan Marvaziy rivoyat qilgan.Ya’ni, ona yo‘q bo‘lsa, o‘rniga xola o‘tar ekan. Demak, o‘sha xolani onasi yo‘q paytida onaning o‘rnida ko‘rish kerak. Borida onadan duo so‘raydigan bo‘lsa, uning yo‘g‘ida xoladan so‘raydi. Yaxshilik qiladigan bo‘lsa, unga yaxshilik qiladi. Gunohga botib qolib, qanday qilsam gunohim mag‘firat qilinadi, degan haligi odamga Rasululloh onasi o‘rnida qolgan xolasiga yaxshilik qilishni buyurganlari shuni ko‘rsatadi.Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalar:1. Gunoh qilgan odam olimlardan maslahat so‘rashi kerakligi.2. Gunoh qilgan odam onasining duosi ila mag‘firat topishi imkoni borligi.3. Onaning o‘rnini xola bosishi.4. Xolaga yaxshilik qilish bilan ham gunoh mag‘firat bo‘lishi.

27 May 2022, 00:30 | Savol-javoblar | 191 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar