Qishloqda Janozadan oldin 5-10 minut Xutba qilsa joiz bo‘ladimi

Assalomu alaykum ustoz,Biz qishloqda yashaymiz va atrofda yaqin orada masjid yo‘q. Odamlar Jum‘a namozini viloya markaziga borib o‘qib kelishadi. Qishlog‘imizda islomni biladigan va amal qiladigan juda kam sonli kishilar bor. Alhamdulillah, yildan-yilga erkak va ayollardan amal qiladigalarning soni oshayapti.Odamlar yig‘ilgan paytda, masalan Janoza namoziga kelganda namozdan oldin 5-10 minut Xutba ma‘ruza qilsa bo‘ladimi ya‘ni o‘limni eslatgan holda namoz va boshqa amallarga da‘vat qilinsa bo‘ladimi? Bundan boshqa yaxshi vaqtni topish qiyinda.Savol: Qishloq odamlarining ilmsizligini hisobga olib Janoza namozidan oldin 5-10 minutlik Ma‘ruza qilish joizmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Hamma erda janozadan oldin va’z qilinadi.

3 May 2022, 21:06 | Savol-javoblar | 149 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar