Xadisni sharhi

Assalomu alaykum! Ijtimoy tarmoqlarda bir xadis o‘qib qoldim izlash xizmatidan topa olmadim. Xadis shunday boshlanadi Alloh roziligi uchun deb bir narsa so‘raganni Alloh lanatlasin, Alloh roziligi uchun deb so‘ralgan odam javob bermasa Alloh lanatlasin Xadis (Taboroniy) deb yozilgan. Shunday xadis bormi? Agar bor bo‘lsa sharxi bilan tushintirib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mushkul holatdagi inson biror kishidan Alloh nomi bilan yordam so‘rasayu u ijobat qilishga qodir bo‘la turib rad qilsa shu hadisdagi va’idga tushib qoladi. Kimki Alloh nomi bilan so‘rasayu unga rad javobi berilsa, shundan keyin ham Allohning nomini o‘rtaga qo‘yib qayta so‘rasa u ham shunga tushadi. Chunki u rad etilishi aniq bo‘lgan vaziyatda Allohning nomi bilan so‘rab uning hurmatini saqlamadi. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:08 | Savol-javoblar | 146 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar