Piramida

Assalomu alaykum! Bizning qishloqda "Ahmadboy"ga o‘xshab "piramida" savdosi bilan shug‘ullanuvchi kishi bor. Uning savdosida ribo ham bor. Lekin har xil yo‘llar bilan ribo hiylalarini ishlatadi. Ko‘pchilik mashinasini berib maʼlum muddatga qimmatga sotishadi. Bu holat fiqhda joiz ekan deb ko‘pchilik mashinasini berib yuborayapti. Lekin bu iqtisodiy piramida ekanligini hamma biladi. Ayniqsa masjidda oldi qatorda turuvchilar ham bu ishga aralashgan. Hech kim bundan qaytarmayabdi. Bu holatda nima qilishimiz kerak? Bunga rozi bo‘lib qaytarmasak biz ham gunohkor bo‘lamizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qaytmasliklari ham tabiy bo‘lib qolibdi. Chunki hozirgi kunda namozxon bo‘lish solihlik me’yori bo‘lmay qolibdi. Ularni bu ishlariga fiqhda ham oyat-hadisda ham ruxsat yo‘q. Ular “Biz buzuqmiz” deb qo‘yishsa shu to‘g‘riroq edi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 22:30 | Savol-javoblar | 172 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar