Plazmolifting hukmi
Assalomu alaykum! Bir opam bu savolni so‘rab berishni iltimos qilgan edilar. Hozirgi kunda plazmolifting deb nomlangan yuz terisini yoshartirish va davolash usuli chiqibdi. Plazmoliftingda odamning o‘zidan-qo‘l qon tomiridan kerakli miqdorda qon olinib, u qonni sentrifugaga solib, sentrifuga yordamida qondan plazma ni alohida ajratishar ekan. O‘sha plazmani shprits yordamida yuz terisi ichiga yuborilar ekan. Bu jarayonda odamni o‘z organizmidan olingan plazmadan boshqa moddalar qo‘shilmas ekan. Plazmoliftingni ajinlarni tekislash, yuz terisida moddalar almashinuvini yaxshilash, yuzdagi toshmalarni davolashda qo‘llashar ekan. Savolim shuki plazmolifting musulmon ayollarga joizmi? Javob uchun oldindan tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Aslida bu narsalarning barchasi bir kun eng achinarli holatga tushiradi. Shuning uchun g‘arb ayollari keksayganlarida yuzlari xunuk holatda bo‘lib qoladi. Ularning oldida namozxon va ibodatli onalarimiz istarali va nurli holatda bo‘lishadi. Ko‘proq vaqt olsada va e’tibor talab qilsada tabiy niqoblardan foydalanish kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:46 | Savol-javoblar | 162 | Ayollarga oid masalalar