Kechirasiz

Assalomu alaykum Ustoz. Man shirkat va muzoraba haqidagi ma‘lumotlar va savol-javoblarni o‘qib bir narsaga tushunolmadim. Akam bir qassob bilan Rossiyada halol go‘sht do‘koni bor odam bilan sheriklikda ishlamoqchi. Akam ishga 50 ming rubl kiritishi, qassob esa 15-20 ming rubl atrofida pul kiritadi. Qassob akamga aytibdiki, do‘konning ijara va boshqa xarajatlar (avtomobil va h.k)dan tashqari foydani o‘rtadan teng bo‘lamiz deb. Akam faqat pul tikadi va ora-oradada borib ish o‘rganadi qassobdan. Shu kelishuv to‘g‘rimi? Javobingiz uchun oldindan tashakkur. Ustoz duo qilin Alloh barchamizni iymonda sobitqadam qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu ikki tarafning kelishuviga bog‘liq. Akangiz faqat pul tikkani, qassob oz pul tikish bilan birga doim xizmat qilgani hisobga olinsa, siz aytgan kelishuv munosib desak, bo‘ladi. Alloh taolo barchamizni iymonda sobitqadam qilsin!

3 May 2022, 21:59 | Savol-javoblar | 162 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar