O‘zini o‘ldirgan kishiga janoza o‘qish!

Assalomu alaykum! Men islom.ziyouz.kom saytidan Muhammad Zohid Qutqu Ibn Ibrohim al-BURSAVIY ning "Ahli sunna val jamoat aqoidi" kitobini ko‘chirib olib o‘qiy boshladim. Ushbu kitobning 17-betida 5-masalada "Har qanday kishi janoza o‘qish lozim" degan bobda "O‘z joniga qasd qilgan kishiga ham janoza o‘qish joiz. Faqat imom, qozi, muftiy va mashxur kishilar janoza o‘qimaydilar. Oddiy kishilar o‘qishi kerak, o‘qimasa gunohkor bo‘lishadi" deb o‘qidim. Shu vaqtgacha o‘z joniga qasd qilgan kishiga janoza o‘qilmaydi deb bilardik. Iltimos shu mavzuga oydinlik kiritib bersangizlar. Umuman ushbu kitobdagi barcha manbalalar sahihmi? Aqiyda nozik masala bo‘lgani bois savol bilan murojaat qilishga majbur bo‘ldim. Javob uchun oldindar rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘z joniga qasd qilgan kishi gunohi kabira qilgan hisoblanadi. Shunday bo‘lsada u musulmon hisoblanib, shariat unga janoza namozi o‘qishga ruxsat bergan. Imom, qozi, muftiy kabi muqtado kishilar janoza o‘qimasalarda, avom xalq janoza o‘qishlari zarur. Janozasiz dafn qilishlari joiz emas. “Durrul Muxtor” kitobida “Kim o‘z joniga qasd qilsa, g‘usl qildirilib unga janoza o‘qiladi” deyilgan va shunga fatvo berilgan. Vallohu a’lam.

27 Aprel 2022, 12:26 | Savol-javoblar | 176 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar