Kompensatsiya

Assalomu alaykum! Biznesda vaqt, mablag‘, sifat tamonidan noxaq talofat ko‘rgan odam narigi tarafdan kompensatsiya undirishi joizmi, mumkin bo‘lsa qanday xajmda bo‘ladi? Misol uchun men o‘z ishlab chiqaruvim uchun muxim bo‘lgan biror detal buyurtma qildim, narx, sifat, vaqt kelishildi. Lekin narigi taraf sifatsiz maxsulot taqdim qilsa yoki vaqtni kelishilgandan ancha cho‘zib yuborsa (o‘ylamasdan buyurtma olavergan), shu sababli biznesimga zarar bo‘lsa (biznesda vaqt muximku) kompensatsiya talab qilishim mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ko‘rilgan real zararni qoplatib olishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 05:56 | Savol-javoblar | 136 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar