Karantinda ishlash

Assalomu alaykum! Man Polsha davlatida o‘qiyman. Hozirgi vaqtda virus sabab o‘qishlar to‘xtatilgan. Dard Allohdan ekanligiga va agar taqdir bo‘lsa qochib qutulmasligimni bilaman. Hozirda o‘zimizni ehtiyot qilgan holda bir do‘stim bilan etkazib berish xizmatida ishlaymiz. Biz har xil insonlar bilan ko‘rishamiz, ularga taom etkazib beramiz. So‘ramoqchi bo‘lgan narsam. Hadislarda kelgan, vabo chiqqanda uyingizga sabr qilib o‘tirishdagi ajrdan quruq qolmayapmanmi? Yoki o‘zimni ehtiyot qilib uyda o‘tirishim kerakmi? Biz Allohga tavakkal qilgan holda ishga chiqamiz va qo‘ldan kelgancha o‘zimizni ehtiyot qilmoqdamiz. Qanday yo‘l tutganim afzal? Uyda o‘tirishmi yoki tavakkal qilib ishlashim ham mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uyda o‘tirish. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 21:58 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar