Qazo namozining niyati

Assalomu alaykum! Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Ko‘p yillik qazo namozlarim bor, ularni o‘qishda “Alloh rizoligi uchun o‘qilmay qolgan namozlarim orasidagi bomdod namozini (yoki biron bir boshqa namozning) qazosini o‘qishni niyat qildim” deb niyat qilsa va taxminiy o‘zi bilish uchun belgilab yursa bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘qilmay qolgan namozlarim orasidagi eng oxirgi bomdod namozini deb qo‘shib qo‘ysangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 09:49 | Savol-javoblar | 282 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar