Momolar 7 buvilar to‘g‘risida

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, yoshim 63da ko‘p yillardan buyon oyog‘imning chap tizzam og‘riydi. Juda ko‘p doktorlarga davolatdim, foydasi bo‘lmayapdi. Belimda umurtqa siljishi bo‘lib, jarroxlik operatsiyasi o‘tkazganman, metal ustanovka qo‘ylgan. Hozirda yurshga qiynalaman, yaqinda doktorlar tavsiyasi bilan massaj qildirishga bir ayolni olib kelgan edik, u ayol sizni kasaliz momolardan avlodingizda ularni yo‘klab turuvchilar bo‘lgan ekan, hozirda ular to‘zib ketgan sizni ham shular ushlab turibdi dedi. Men qaynonam rahmatli bilan yashaganimda xovlini etagga momolarga atab chiroq yoqar, chuchvara pishirib bir kampirga olib borib berar edi. Endi tushinishimcha bular jinlar, ularni jilovlasa, makonini boshqa joyga ko‘chirsa bo‘ladimi? Bu qanchalik to‘g‘ri? Alhamdulliloh Qur’on o‘qiyman, namozni imkon qadar qazo qilmaslikka harakat qilaman, kasalligim tufayli harakatlarim chegaralanib qolyapdi. Farz amallarini imkon qadar bajaraman, Allohdan qo‘rqaman, shirk qilib qo‘ymay deb.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qaynonangizni qilgan ishlari gunoh hisoblanadi. Massajchi ayol ham shariatga zid gaplarni gapiribdi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:37 | Savol-javoblar | 164 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar