Qolib ketgan tovar

Assalomu alaykum! Do‘konda savdo qilamiz. Birovni 300000 so‘mlik tovari qolib ketgan. Shuni nima qilsak bo‘ladi? Do‘konda joy egallab turibdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qoida: Tez chiriydigan va aynidigan narsalarni egasini kutmasdan faqir miskinga sadaqa qilib yuboriladi. Egasi topilgach pulini beradi. Tez chirimaydigan buyumlarni bir yilgacha e’lon qilish kerak. O‘zi foydalanishi joiz emas. Shunda ham topilmasa savob umid qilmasdan egasining nomidan faqir-miskinlarga sadaqa qilinadi, mabodo egasi topilsa pulini beradi. Topilmasa, u Alloh taoloning huzurida omonat bo‘ladi va qiyomat kuni egasi so‘raganida beriladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 21:08 | Savol-javoblar | 138 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar