Salovat

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, bir kitobda salovat deb : «Alloxumma solli ’ala sayyidina Muxammadin va ’ala alixi va asxabixi afzola salovatika ’adada ma’lumatika va barik va sallim tasliman kazalik» deyilganini o‘qidim.
Savol: bu jamlovchi salovatmi va buni o‘qib yursa bo‘ladimi?
2). Iltimos hadislarda kelgan shu hajmdagi salovatni yozib beringlar, ustozimiz Shayx hazratlarini 35 kitoblaridan topa olmadim. (Kunlik virdlarimga qo‘shmoqchi edim. Oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu salavotni ham o‘qib yuring, biron ahli ilmdan o‘tkazib oling. Eng afzal salavot bu namozda tashahhuddan keyin o‘qiladigan salavoti ibrohimiyyadir. Ya’ni :عَنْ أَبِي حُمَيْدٍ السَّاعِدِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّهُمْ قَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ، كَيْفَ نُصَلِّي عَلَيْكَ؟ قَالَ: قُولُوا: اللَّهُمَّ صَلِّ عَلَى مُحَمَّدٍ وَأَزْوَاجِهِ وَذُرِّيَّتِهِ كَمَا صَلَّيْتَ عَلَى آلِ إِبْرَاهِيمَ، وَبَارِكْ عَلَى مُحَمَّدٍ وَأَزْوَاجِهِ وَذُرِّيَّتِهِ كَمَا بَارَكْتَ عَلَى آلِ إِبْرَاهِيمَ إِنَّكَ حَمِيدٌ مَجِيدٌ. رَوَاهُ الثَّلَاثَةُAbu Humayd as-So’idiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Ba’zi odamlar:«Ey Allohning Rasuli, sizga qanday salovot aytamiz?» dedilar.U zot:«Allohumma! solli ’ala Muhammadin va azvojihi va zurriyatihi, kama sollayta ’alaa oli Ibrohiym. Allohumma! barik ’alaa Muhammadin va azvojihi va zurriyatihi, kama barokta ’alaa oli Ibrohiym. Innaka hamiydum-majiyd», deb ayt», dedilar.Uchovlari rivoyat qilganlar. Salovatning ma’nosi: «Allohim! Muhammadni, uning zavjalarini va zurriyotlarini xuddi oli Ibrohimni yorlaqaganingdek yorlaqagin. Muhammadni, uning zavjalarini va zurriyotlarini xuddi oli Ibrohimni barakotli qilganingdek barakotli qilgin. Albatta, Sen Hamiydsan, Majiydsan».عَنْ عَبْدِ الرَّحْمنِ بْنِ أَبِي لَيْلَى رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: لَقِيَنِي كَعْبُ بْنُ عُجْرَةَ فَقَالَ: أَلَا أُهْدِي لَكَ هَدِيَّةً، إِنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ خَرَجَ عَلَيْنَا فَقُلْنَا: يَا رَسُولَ اللهِ، قَدْ علِمْنَا كَيْفَ نُسَلِّمُ عَلَيْكَ فَكَيْفَ نُصَلِّي عَلَيْكَ؟ قَالَ: قُولُوا اللَّهُمَّ صَلِّ عَلَى مُحَمَّدٍ وَعَلَى آلِ مُحَمَّدٍ كَمَا صَلَّيْتَ عَلَى آلِ إِبْرَاهِيمَ إِنَّكَ حَمِيدٌ مَجِيدٌ، اللَّهُمَّ بَارِكْ عَلَى مُحَمَّدٍ وَعَلَى آلِ مُحَمَّدٍ كَمَا بَارَكْتَ عَلَى آلِ إِبْرَاهِيمَ إِنَّكَ حَمِيدٌ مَجِيدٌ. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُAbdurrohman ibn Abu Layla roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Ka’b ibn Ujra meni uchratib qolib:«Senga bir sovg‘a beraymi? Nabiy sollallohu alayhi vasallam bizning oldimizga chiqdilar. Biz u zotga «Ey Allohning Rasuli, sizga salom berishni-ku, bilamiz, ammo sizga qanday salovot aytamiz?» dedik.«Allohumma! Solli ’ala Muhammadin va ’ala oli Muhammadin, kama sollayta ’ala oli Ibrohiym. Innaka hamiydum-majiyd. Allohumma! Barik ’ala Muhammadin va ’ala oli Muhammadin, kama barokta ’ala oli Ibrohiym. Innaka hamiydum-majiyd», deb aytinglar», dedi».To‘rtovlari rivoyat qilganlar. Salovatning ma’nosi: «Allohim! Muhammadni va oli Muhammadni xuddi oli Ibrohimni yorlaqaganingdek yorlaqagin. Albatta, Sen Hamiydsan, Majiydsan. Muhammadni va oli Muhammadni xuddi oli Ibrohimni barakotli qilganingdek barakotli qilgin. Albatta, Sen Hamiydsan, Majiydsan».وَلِلْبُخَارِيِّ فِي بَدْءِ الخَلْقِ: اللَّهُمَّ صَلِّ عَلَى مُحَمَّدٍ وَعَلَى آلِ مُحَمَّدٍ كَمَا صَلَّيْتَ عَلَى إبْرَاهِيْمَ وَعَلَى آلِ إِبْرَاهِيمَ إِنَّكَ حَمِيدٌ مَجِيدٌ، اللَّهُمَّ بَارِكْ عَلَى مُحَمَّدٍ وَعَلَى آلِ مُحَمَّدٍ كَمَا بَارَكْتَ عَلَى إِبْرَاهِيْمَ وَعَلَى آلِ إِبْرَاهِيمَ إِنَّكَ حَمِيدٌ مَجِيدٌ Buxoriyning «Yaratilishning boshlanishi»dagi rivoyatida:«Allohumma! Solli ’ala Muhammadin va ’ala oli Muhammadin, kama sollayta ’ala Ibrohiyma va ’ala oli Ibrohiym. Innaka hamiydum-majiyd. Allohumma! Barik ’ala Muhammadin va ’ala oli Muhammadin, kama barokta ’ala Ibrohiyma va ’ala oli Ibrohiym. Innaka hamiydum-majiyd», deyilgan. Sharh: Namozlarda o‘qish uchun aynan imom Buxoriyning rivoyatlarida kelgan salovot olingan. Boshqa hadislarda ham bir oz farqli siyg‘alar kelgan. Shundan ko‘rinib turibdiki, bir xil siyg‘ada salovot aytish shart emas. Turli siyg‘ada aytsa ham bo‘laveradi. Eng muhimi, aytish kerak. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 09:49 | Savol-javoblar | 210 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar