Xijobga kirmoqchiman erim qarshi
Assalomu alaykum! Yoshim 33da, Allohga shukur besh vaqt ibodatdaman. Anchadan beri xijobga kirishni niyat qilganman, lekin kaynonam va erim bunga qarshi. Ular zamonaviy insonlar, namoz o‘qib ko‘ngil toza bo‘lsa bo‘ldi, xijobga kirishga xali yoshsan deyishyapti. Bu vaziyatda gunoxi ularning bo‘ynida bo‘ladimi? Axir er javobgarku ayolining kiyinishiga?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har qanday holatda ham avratlaringizni berkiting. Hijob deb maxsus qora yoki boshqa rangli maxsus tikilgan kiyimga mahkam turib olmasdan nima bilan bo‘lsa ham avratlaringizni to‘sing. Kiyimda ikki shart bo‘ladi. Biri ichi ko‘rinadigan darajada shaffof bo‘lmasligi ikkinchisi a’zolarni bo‘rtib ko‘rinadigan darajada tor bo‘lmasligi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:27 | Savol-javoblar | 168 | Oila va turmush