Marxumning pullari
Assalomu alaykum! Mening holam yaqinda sovid bo‘lib, og‘ir holatda kasalhonada vafot etdi. Alloh raxmatiga olsin. Ular turmush qurmagan, oila va farzandlari yo‘q edi. Vasiyat qoldirishga ham ulgurmagan. Uyida yig‘ib qo‘ygan tilla va kumushlar, hamda mablag‘lari bor. Hayot bo‘lganlarida na ro‘za tutmagan, namoz o‘qimagan, zakot bermagan edilar. Biz azgina bo‘lsa ham oxiratlarini engillashtirish maqsadida shu masala bilan murojaat qilyapmiz. Hato qilib qo‘yishdan qo‘rqyapmiz. Shu yig‘ib qo‘ygan pullaridan to‘lanmagan zakotlarni berishimiz kerakmi? O‘qilmagan namozlar kafforatinichi? Tutilmagan ro‘zalarini haqqini? Umuman olganda, shu tilla kumushlar va pullarni nima qilsak ularga savobi boradi? Yordamingizga muxtojmiz. Maslaxat bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bolalari bo‘lmasa ham boshqa merosxo‘rlari bo‘lishi mumkin. Meros ilmini biladigan kishiga borib maslahat qilinglar. Mavjud bo‘lgan merosxo‘rlar orasida shariatga muvofiq qolgan narsalar taqsimlanishi kerak. Merosxo‘rlar o‘zlari o‘sha qolgan merosdan xolangizning o‘qimagan namoz va tutmagan ro‘zalariga fidya berishsa, o‘zilari bilishadi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 22:22 | Savol-javoblar | 176 | Dolzarb savollar