Latareya

Assalomu alaykum! Men video operatorman, hamkorlarimiz bilan birgalikda sovrinli o‘yin tasvirga oldik. O‘yin shartlarini men kechroq bildim, o‘yin sharti shundan iboratki har bir ishtirokchi 15.000 so‘mga shaxsiy tartib raqamini sotib oladi. G‘olib tartib raqamlari orqali aniqlanadi. Bu o‘yin halolmi va men ushbu loyihada faoliyatimni olib borishim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri emas. Ikki yoki undan ko‘p tomon pul tikib, oqibatda birining foydasiga bo‘ladigan har bir holat qimordir. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 05:41 | Savol-javoblar | 178 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar