1000 rakat savobi

Bu mening ilk savol berishim, agar savol berishda xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsam uzr so‘rayman. Zero savol ilmning yarmidir. Bir telegram kanalidagi savol-javobda "bir rakat namozga 1000 ta savob beriladigan masjid qaysi?" Savoliga javob tariqasida "masjidul Xaram" deyilibdi, lekin men eshitgan o‘qigan manbalarda masjidul haramda o‘qilgan namozga 10.000 rakat, masjidul nabaviyda o‘qilgan namozga 1000 rakat savobi beriladi deyilgan. Savolim: masjidul haram nabaviyda o‘qilgan namozga qanchadan savob berilishi haqidagi nabiy a.s.ning hadislarini asl matni va roviylari bilan keltirsangiz. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– عَنْ زَيْدِ بْنِ ثَابِتٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: صَلَاةُ الْمَرْءِ فِي بَيْتِهِ أَفْضَلُ مِنْ صَلَاتِهِ فِي مَسْجِدِي هَذَا إِلَّا الْمَكْتُوبَةَ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَصَحَّحَهُ العِرَاقِيُّ  Zayd ibn Sobit roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kishining o‘z uyidagi farz namozidan boshqa namozi mening ushbu masjidimdagi namozidan afzaldir», dedilar».
Abu Dovud rivoyat qilgan. Iroqiy sahih, degan.
Sharh: Odatda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning masjidlaridagi bir rak’at namoz boshqa masjidlardagi ming rak’at namozga teng bo‘ladi. Lekin shunday bo‘lsa ham, birovning o‘z uyida o‘qigan nafl namozi Masjidi Nabaviyda o‘qiydigan namozidan afzal ekanligi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam tomonlaridan tasdiqlanishi katta ma’noni anglatadi. Bu ma’noni hech qachon unutmaslik kerak. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

3 May 2022, 23:22 | Savol-javoblar | 180 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar