Tanishlar uchun yo‘lkira to‘lab yuborish qarzmi?
Assalomu alaykum! Avtobus, taksilarda yoki biz tomonlarda ko‘proq damaslar qatnaydi, shularda tanishlar, qarindoshlar chiqqanda yo‘lkira pulini bir birlariga to‘lab tushib ketishadi. Birov uyalganidan, birov chin ko‘ngildan beradi. Shu pulni to‘lagan odamdan to‘langan odam qarz bo‘lib qolmaydimi? Yoki ehson o‘rniga o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ham urf-odatga bog‘liq. Agar qarz deb o‘ylasa qarzini uzib qo‘yish kerak. Buni keyingi safar chiqqaningizda “endi sen to‘la” degandek qarashlaridan tushinib olsa bo‘ladi. Eng yaxshisi hech ham uyalmasdan “uydan chiqishda siz ham pulingizni sarhisob qilib, nimalarga ishlatishni hisob-kitob qilib chiqqansiz, men ham” deb aytish kerak. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 23:23 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar