Ayol eriga bildirmasdan yordam berish

Assalomu alaykum! Qayni opamni eri bilan yuritadigan tort tsexi bor. Bunda eri deyarli ish qilmaydi. Qayni opam eridan yashirib qaynonam kasalliklari uchun yordam tariqasida pul berib turadilar. Bunga ular juda muhtoj garchi o‘g‘illari bo‘lsa ham. Eriga aytsalar erlari juda ham badxulq. Yaqinda menga libos sovg‘a qildilar, buni ham erlaridan yashirib. Shu libos menga halolmi men undan foydalansam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! O‘zi ishlab topgan pulini sadaqa qilishga haqqi bor. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:31 | Savol-javoblar | 143 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar