Ko‘pchilikning etiboridan yiroq narsa

Assalomu Alaykum Va Rohmatullohi va Barokatuh Hurmatli va fazilatli shayh hazratlari Alloh qilayotgan ishlaringizda madadkor bo‘lsin.Omin!Hazrat sizga ko‘pchiligimiz etibor bermaydigan mavzu haqida yozishni niyat qildim, Bu mavzu shundan iboratki: Bilamizki inson aksirishi bilan uning yonida hoh begona hoh tanish bo‘lsin, undan darrov sog‘ bo‘ling degan gapni eshitadi va o‘z-o‘zidan unga javoban rahmat deya javob qaytaradi va bu soniyalar ichidagi jarayonda juda katta bir savobni unutadi , Ahir aksirishdan so‘ng "Alhamdu lillah" (Allohga hamd bo’lsin),deyishlik biz musilmonlarga odam alayhisalomdan meros va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan sunnat emasmi?.Shunda o‘ylanib qolaman Aksirishdan so‘ng sog‘ bo‘ling deyishlik, o‘zga din vakillarining bizlarga qaratilgan nayrangi bo‘lsa ne ajab. Valohualam! Bu faqatgina daryodan bir tomchi holos, agar etibor bersak bunday nayranglar juda ko‘p.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Buni ko‘p marta yozildi, aytildi va yana davom etadi.

3 May 2022, 23:45 | Savol-javoblar | 159 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar