Tarozidan urish

Assalomu alaykum! Men bir necha yil avval 14-15 yoshlarimda tijoratda tarozidan urib qolib, mijozlarni aldab pul olganman. Xozir tushunib ettimki bu ishimni, qanday qilib bu gunoximni oldini olsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz Alloh taolo harom qilgan ishga qo‘l urib gunohkor bo‘lgansiz. Gunoh afv etilishini so‘rab tavba va istig‘for aytishingiz, solih amallar qilishingiz lozim. Shuningdek, bu ishingiz insonlar haqqiga tajovuz hamdir. Kimning qancha molini urib qolgan bo‘lsangiz barchalarining haqqi zimmangizda turibdi. O‘sha insonlarning hammasini topib, birma-bir roziliklarini olishingiz shart. Vallohu a’lam!

4 Oktabr 2022, 16:18 | Savol-javoblar | 124 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar