Zino qiladigan erkaklar

Assalomu alaykum! Hayotda shunday yigitlar borki xali uylanmasdan turib boshqa begona ayollar bilan zino ish qiladi. Buni gunoxligini bilib 2-3 kun namoz o‘qib Allohdan kechirim so‘raydi. Lekin bu ish gunoxligiga qaramasdan, xoxlagan payt qayta-qayta qiladi. Menimcha gunox ishni qayta-qayta qilish bu shirk xisoblanadi. Ular bu xoxishdan qanday qutilishlari mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz shirk bilan gunohi kabirani qorishtirib yubormang. Haromga qaramaslik uchun halolga bo‘kish kerak. Shuning uchun shariatimiz nikohlanishga targ‘ib qilgan. Bunda uylanishni kechiktirayotgan ota-onalarda ham ayb bor. Ular haromga odatlanmaslaridan avval halolga yo‘llab qo‘yishlari kerak edi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:04 | Savol-javoblar | 163 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar