Imomlik hususida

Assalomu alaykum ustoz! Sizga bir savolim bor edi. Savol:Agar biror kishi farz namozini o‘qiyotganda boshqa inson kelib namoz o‘qiyotganga iqtido qilib namozga qo‘shilsa bo‘ladimi, bu erda namoz o‘qiyotgan kishi imomlikni niyat qilmagan. Agar bo‘lsa namoz o‘qiyotgan kishi namozni qanday tartibda davom ettiradi, yani jahriy o‘qimayotgan bo‘lsa jahriy qilib davom ettiradimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ikkinchi odam iqtido qilishga harakat qilayotganda imomlikni iroda qiladi va boshlab yuboradi. Misol uchun qiroatni imom ovoz chiqarib qilish kerak bo‘lgan namoz bo‘lsa, ovoz chiqarishni boshlaydi. Takbirni ham ovoz chiqarib aytadi va hokazo.

3 May 2022, 23:45 | Savol-javoblar | 166 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar