Tarvuz egasiga haqini etkazish
Assalomu alaykum! Egasidan yashirincha so‘ramay tarvuz olib uyga olib kelindi. Undan oila a’zolarim eyishdi. Tarvuz ko‘p ekan 1-2 ta olsam bo‘laveradi, endi boshqa olmayman deb yana olib kelindi. U tarvuzni 2000 dan sotibdi egasi so‘raganlarga. Shu uyga olib kelingan tarvuzlarni sonini hisoblab egasiga bersam uyimdegilar egan luqmasi halol bo‘ladimi? Men qiz bolaman, ishlamiman, lekin o‘zimning ozgina pulim bor. Bir muammoli tarafi shundaki, tarvuzni qo‘riqlaydigan amaki haqida salbiy fikrlar eshitib qoldim shuning uchun oldiga borgani qo‘rqyabman. Uydagilarga aytsam hech narsa bo‘lmaydi qoyaver deyishadi. Nima qilsam bo‘ladi? U amaki yangi kelinchaklar tarvuz olgani borgan ekan qo‘lidan ushlab olibdi, shunday gap eshitib qoldim. U erni egasini tanimiman ham bizning uydan sal uzoqroqda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ha halol bo‘ladi. Qanday qilib bo‘lsa ham haqni etkazing. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 17:49 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ha halol bo‘ladi. Qanday qilib bo‘lsa ham haqni etkazing. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 17:49 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar