Qorin qo‘yish

Assalomu alaykum! Men eshitishimcha qorin qo‘yish harom deyilgan ekan. Shu haqida hadis yoki oyatlarda keltirilganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aynan qorin qo‘yish haqida yo‘q. Ammo haromdan oziqlanib, semirgan haqida bor. Alloh taolo “Muhammad” surasida marhamat qiladi. وَالَّذِينَ كَفَرُوا يَتَمَتَّعُونَ وَيَأْكُلُونَ كَمَا تَأْكُلُ الْأَنْعَامُ وَالنَّارُ مَثْوًى لَّهُمْ۝ «Kufr keltirganlar «bahralanurlar» va xuddi chorva hayvonlari egandek erlar va olov ularga turar joydir». Ular bu dunyoda lazzatlariga beriladilar, eyish-ichishlari ham chorva hayvonlari singaridir. Ularning qorin to‘ydirishdan o‘zga g‘amlari yo‘q. Ular Allohning emas, qorinning bandalaridir. Bundan, ovqat eb, huzurlanmaslik kerak ekan-da, degan xulosaga kelmaslik kerak. Chunki musulmonlar ham huzurlanadilar, yaxshi ovqatlarni eydilar. Bu erda haqiqiy nasiba haqida gap ketyapti. Kofirlarga bu dunyoda mol kabi egan taomidan o‘zga nasiba yo‘q. Ikkinchidan, bu dunyoda mo‘min halol-pok narsalarni me’yorida, zavq bilan, undan hosil bo‘lgan quvvatni taqvo, savob va xayrga sarf qilish uchun eb-ichadi. Kofirning esa unga eslatib turuvchi na taqvosi bor, u na savobni yoki gunohni o‘ylaydi, uning dunyodagi asosiy maqsadi qorin to‘ydirishdir. Shuning uchun ham u halol-harom, pok-nopokning farqiga bormay, moldek eyaveradi. Hamda oxiratga unga bundan boshqa hech qanday nasiba qolmaydi. ("Tafsiri hilol" kitobidan). عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ  رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنْ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «إِنَّهُ لَيَأْتِي الرَّجُلُ الْعَظِيمُ السَّمِينُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ لَا يَزِنُ عِنْدَ اللهِ جَنَاحَ بَعُوضَةٍ، وَقَالَ: اقْرَءُوا (فَلَا نُقِيمُ لَهُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَزْنًا). وَعَنْ يَحْيَى بْنِ بُكَيْرٍ، عَنِ الْمُغِيرَةِ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، عَنْ أَبِي الزِّنَادِ مِثْلَهُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qiyomat kuni ulkan, semiz odam keladi. U Allohning nazdida chivinning qanotichalik ham vaznga ega bo‘lmaydi. «Qiyomat kuni ularga hech qanday vazn bermasmiz»ni o‘qinglar», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Ushbu hadisda jasadni kattaligini Qiyomat kunida e’tibori bo‘lmapsligiga ishora bordir. Inson tabiiy katta jasadga ega bo‘lishi, qandaydir kasallik sababli qorindor bo‘lishi yoki irsiy tarafdan bu kabi holda bo‘lishiga malomat qilinmaydi. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 14:19 | Savol-javoblar | 181 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar