Bemorning g‘usli

Assalomu alaykum! Men saraton kasaliga chalinganman. Allohga shukr hozir ahvolim yaxshi. Alhamdulillah besh vaqt namoz o‘qishni boshladim. Hozir qish fasli bo‘lgani va yaqinda jarrohlik amaliyotini o‘tkazganim sababli g‘usl qilish biroz muammo bo‘lib turibdi. Shu holatimda dinimizda qanday yo‘l bor? Ayol kishiman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yuvish mumkin bo‘lgan joylarni yuvasiz, zarar qiladigan joylarga mash tortasiz. Suv tegsa zarar qiladigan joy kattaroq bo‘lsa ham mash tortilaveradi. Suv tegsa zarar qiladigan joyga avval latta qo‘yib, ustidan tselofanni o‘shancha qilib qirqib olib, uni cheti bilan skoch yopishtirib olsangiz bemalol cho‘milishingiz mumkin. Agar butun badanga suv tegizish mumkin bo‘lmasa, tayammum qiling. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 23:52 | Savol-javoblar | 152 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar