Meva savdosida tara masalasi

Assalomu alaykum! Biz bog‘dorchilik, issiqxonachilik bilan shug‘ullanamiz, ho‘l mevalar pishib etilganda vaqtida nobud qilmay sotishimiz zarur, Xudoga shukur xaridorlar ko‘p, faqat meni o‘ylantirayotgan narsa "tara masalasi", bizda bog‘larda dehqon va sotib oluvchi o‘rtasida ho‘l meva solingan taraning og‘irligi kelishuv asosida belgilanadi, misol uchun bir qatorlik yashik 1kg (asli 0,7-0,8kg, ikki qatorlik yashik 1,5kg (asli 1-1,2kg), banan karopka 2kg (asli 1,3-1,5kg), Rossiyaga fura yashigi 1,5kg (asli 0,8-1,2kg) va hk; Odatda dehqonlar tahminan 1kglik fura yashigini 1,5kg deb kelishuv bilan rozilik asosida Rossiyaga furaga etkazib beruvchi o‘rtakashlarga meva sotishadi, Furaga oluvchi 1,5kg tara belgilagan bo‘ladi; 1) Bermoqchi bo‘lgan savollarim shuki agar dehqon va oluvchi tomon rozi-rizolik bilan tara miqdorini belgilab ho‘l mevalarni sotsa, to‘g‘ri va halol, bo‘ladimi? 2) Agar tarani aniq tortib olish kerak bo‘lsa, deylik 100-200ta yashikdan 10tasini har xil joyidan tortib, o‘rtachasini chiqarib olsa bo‘ladimi? (Misol uchun: 1+0,8+0,8+1,1+0,9+0,8+1,1+1+ 0,9+1,1=9,5kg; 9,5/10=>0,95=>yaxlitlab, 1kg qilib olinsa); 3) Yana bir ishimiz shuki biz (dehqon) va xaridor rozilik bilan taroziga deylik 10ta yashikda meva qo‘ysak, 80,5kg dan 80,9kg gacha chiqsa, 80,5kg deb olamiz, agar 80,0kg dan 80,4kg gacha chiqsa yaxlitlab 80,0 kg deb olamiz deb kelishamiz, shu ishimiz to‘g‘rimi? 4) Bozorga chiqib, xaridor dehqondan 1 yashik ho‘l meva olsa ham uni tarasi aniq emas, yuqorida ko‘rsatilgandek qilib tahminan belgilangan holatda sotiladi, chunki ho‘l mevani tarani bilish uchun bo‘shatilsa, urunib qolishi mumkin, bunda qanday yo‘l tutish kerak? Agar bunday savdolarni qilish mumkin bo‘lmasa, boshqa halol va oson yo‘lini o‘rgata olasizlarmi? Bir mavzuda bo‘lgani uchun to‘rtta savol yo‘lladim, bu ishim bilan sizlarga noqulaylik uyg‘otgan bo‘lsam uzr so‘rayman; Halol rizq umidida yo‘llagan savollarimga javobingizni kutib qolaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mevani taraga solishdan oldin tortib olish kerak. Keyin o‘shani hisoblab chiqarib yuborish kerak. Tahminan qilish mutlaqo noto‘g‘ri. Bu hozirgi kunda qiyin ish emas. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 21:46 | Savol-javoblar | 164 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar