Akadan ukaga zakot

Assalomu alaykum! Akadan ukaga zakot berishi mumkinligini ukidik. Ukam bor, kurilishda ishlaydi oylik oladi. Bir xonadonda aka-uka yashaganligimiz sababli deyarli ruzgori akasi xisobidan. Lekin shu kunlarda karzga kirib kolgan va oylikdan tulab bormokchi. Shu xolatdagi ukasiga zakot bersa buladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ukangizning nisob miqdoridagi mablag‘i, tijorat moli yoki hojatidan oshiqcha, qiymati nisob miqdoriga teng keladigan mulki bo‘lmasa zakot olishi joiz. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:07 | Savol-javoblar | 142 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar