Quduq ahli
Assalomu alaykum! Islom.uz saytidagi ko‘pincha multfilmlarni ko‘rib turaman. Unda turli islomiy yuksak e’tirofdagi shaxslar haqida rivoyatlar ko‘rsatiladi. Shular orasida ros qavmi(quduq egalari) to‘g‘risidagi multfilmga ko‘zim tushdi. Unda ushbu qavmga Hanzala ibn Safvon nabiy bo‘lib kelishi haqida so‘z boradi. Aytingchi ushbu rivoyat qanchalik? Bu rivoyat biror hadisda kelganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Furqon” surasida Rass egalariga payg‘ambar yuborilgani va iymonga kelmaganlaridan so‘ng halok qilinganlari zikr qilingan:وَعَادًا وَثَمُودَ وَأَصْحَابَ الرَّسِّ وَقُرُونًا بَيْنَ ذَلِكَ كَثِيرًا وَكُلًّا ضَرَبْنَا لَهُ الْأَمْثَالَ وَكُلًّا تَبَّرْنَا تَتْبِيرًا 38. Od, Samud va quduq egalarini hamda bu oradagi asrlarni esla.
39. Ulardan har biriga misollar keltirdik. Va ularni qirib bitirdik.
“Qof” surasida: كَذَّبَتْ قَبْلَهُمْ قَوْمُ نُوحٍ وَأَصْحَابُ الرَّسِّ وَثَمُودُ وَعَادٌ وَفِرْعَوْنُ وَإِخْوَانُ لُوطٍ وَأَصْحَابُ الْأَيْكَةِ وَقَوْمُ تُبَّعٍ كُلٌّ كَذَّبَ الرُّسُلَ فَحَقَّ وَعِيدِ 12. Ulardan avval Nuh qavmi, quduq sohiblari va Samud yolg‘onchiga chiqarganlar.
13. Od ham, Fir’avn ham, Lutning birodarlari ham.
14. Daraxtzor sohiblari ham, Tubba’ qavmi ham – barchalari rasullarni yolg‘onchiga chiqarganlar. Bas, (azob) va’dam haq bo‘ldi.
Ashobur Rass (Quduq egalari) qaysi qavm va ularga qaysi payg‘ambar yuborilgani borasida tafsir ulamolari turli fikrlar aytishgan. Ibn Jarir Tobariy ularni Uxdud egalari degan. Ikrima ularni Yasin surasida zikr qilingan Faljdagi bir qavm degan. Ibn Abbos roziyallohu anhudan qilingan bir rivoyatda ular Samudning qishloqlaridan biri, deyilgan.
Ibn Kasir o‘zining Qisasul Anbiyo kitobida Rass qavmiga Hanzala ibn Sofvan ismli nabiy yuborilganligi borasida rivoyat keltiradi va bu rivoyatni Hofiz Abul Qosim Ibn Asokirga nisbat beradi.
Shunga binoan, ushbu qavm o‘tmishda o‘tganligi Qur’on oyatlari bilan sobit, ammo ular qaerda halok bo‘lganlari va ularning payg‘ambari kim ekanligi borasida mufassirlar bir qavlga to‘xtalmaganlar. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 08:13 | Savol-javoblar | 173 | Aqiyda