Adashib hisobimga to‘langan pulni qaytarish
Assalamu Alaykum Faziylatli Shayx Hazratlari. Diyn yo‘lida qilayotgan xayrli ishlaringizda Alloh O‘zi bardavom qilsin! Ijozatingiz ila ushbu savolni taqdim etsam. Bir kishi ikkinchi kishining telefon hisobiga adashib mablag‘ tashladi. Haligi ikkinchi kishi bu holatdan biroz vaqt o‘tib xabardor bo‘ldi va birinchi odamning hisobiga qaytib tashlashga kelishib oldi. Xabaringiz bo‘lsa kerak aksariyat mobil operatorlari pulni Aqsh dollarida hisoblashadi. Shunga binoan birinchi odam mablag‘ni (so‘mda) to‘lagan paytidagi davlat kursi, ikkinchi odam to‘lamoqchi bo‘lgan kundan farqli bo‘ladi. Haligi ikkinchi odam nima qilishi kerak? Uning hisobiga birinchi odam tushirgan mablag‘ni (ya’ni so‘mda) to‘lashi kerakmi yoki to‘layotgan kunining kursi bo‘yicha, o‘zining hisobiga tushgan Aqsh dollariga moslab to‘lashi kerakmi?Javob uchun tashakkur.Allohim Umringizga barokot ato etsin, ko‘p yillar Haq yo‘lida hizmat qilishni nasib etsin. Alloh Siz va Ahli oilangizni O‘zi ziyoda qilib mukofotlasin. Alloh sizdan rozi bo‘lsin...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Joiz.
4 May 2022, 00:02 | Savol-javoblar | 144 | Moliya va tijorat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Joiz.
4 May 2022, 00:02 | Savol-javoblar | 144 | Moliya va tijorat