Avtomashina Savdosi
Assalomu alaykum! Ushbu savdoda to‘g‘ri, halol yo‘lni ko‘rsatinglar. 1). Bir viloyatdan mashina sotib olamiz. hujjatlar egasining nomida qoladi. biz mashinani to‘g‘irlaymiz, kam-ko‘stlarini butunlab, chiroyli va yaxshi holatga keltirib xarajat va ko‘zlayotgan foydamizmi hisoblab o‘sha joydan, viloyatdan yoki boshqa viloyatdan boshqa xaridor topib sotamiz va shundan keyin moshina hujjatlarini biz sotib olgan odamdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri biz sotgan odamni nomiga to‘g‘irlab beramiz. Ya’ni orada hujjatlar bizning nomimizda bo‘lmaydi. Biz buni barcha tomonlarga aytib amalga oshiramiz. Ya’ni sotib olayotganimizga ham va sotayotganimizga ham bu halolmi? 2). Mashinani dalolik qilib sotsak bo‘ladimi? Bir kishi mashinasini sotmoqchi, biz xaridor topib ushbu mashinani sotib beramiz. Xaridorga mashina egasiga dallolik qilayotganimizniaytamiz. misol uchun: aliser mashinasini 9000$ ga sotmoqchi. biz xaridorga dallol ekanimizni aytamiz va mashinani 9200$ga sotamiz. bu savdoda pul taqsimlanishidagi hukmi qanaqa? bu halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Halol. 2). Bunchaligi halol. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 23:58 | Savol-javoblar | 177 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Halol. 2). Bunchaligi halol. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 23:58 | Savol-javoblar | 177 | Moliya va tijorat