Mahsida oyoq jilishi

Assalomu alaykum! Muxtaram ustozlar, masx tortilgan maxsi kalishni echyapganda tavon qismi tavondan chiqsa, lekin oyoqni uch qismi ya’ni erga tegib turadigan qismi joyidan siljimasa o‘sha oyoqni taxorati ketadimi? 2). Oyog‘imni taxorati ketdi deb o‘ylab o‘sha bir oyoqni o‘zini yuvib yana maxsini kiyib namoz o‘qisam bo‘ladimi? Rahmat, barchangizdan Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Tovonni aksar qismi tufuq tomonga chiqib ketsa tahorat sinadi. Siz aytgandek suratda ham. Kattaligi uchun oyoq mahsini ichida o‘ynab yursa sinmaydi.
2). Ikkisini ham yuvishingiz shart. Chunki biri echilganda narigi oyoqni ham tahorati sinadi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 00:02 | Savol-javoblar | 177 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar