Riboga sherikchilik emasmi?

Muhtaram Ustoz Ustoz meni qiynayotgan bir savol bor edi, shunga oydinlik kiritish maqsadida sizga savol yo‘llamoqdaman.Savolim: Men ishlaydigan joyda bir birodarimiz bor o‘zlari namozxon xattoki bir vaqtlar tasavvufga xam kirgan insonlar, shu birodarimiz bankdan % ga kredit olayotganlarga bankning so‘roviga ko‘ra biznes reja, Loyixa va shunga o‘xshash narsalar qilishadi. Men bu ish xarom ekan deb bir-ikki marta aytdim.Ustoz men shu birodarimiz bilan bir xonada turamiz va men ko‘p ishlardan boxabar bo‘lib turaman. Oldilariga kelayotganlarning deyarli 99 % shu masalada kelishadi. Ba’zida birodarimiz yo‘qligida kelgan mijozlar mendan u biznes reja qiladigan akaning telefon raqamini bering yoki biznes rejasiga oid xujjatlarini unga berib qo‘yasizmi? deb kelishadi. Shunday xolatda nima qilishim kerak xar bitta kelayotgan odamga bu ishlaring xarom deyishim lozimmi? yoki nima qilishlik lozim xisoblaysiz?Ustoz biz talabalaringizni ota - onalariga xidoyat, namoz muxabbatini tilab duo qilsangiz, Shoyadki Alloh taolo sizning duoingizning ehtiromidan, bizning ota-onamiz xaqqiga qilgan duolarimizni ijobat qilsa..
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ular bilan muloqotdan chetlagan afzal.- Barcha ota-onalarga hidoyat, tavfiq va ibodat baxtini Alloh taoloning O‘zi ato qilsin!

3 May 2022, 13:49 | Savol-javoblar | 162 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar