Imomdan orqada qolish
Assalomu alaykum! Jamoat namoziga doir savol bermoqchi edim. Shom namozini o‘kiyotganimizda man "Allohumma baarik a’la"ga kelganimda imom salom berdi, man "imom xato qildi shekilli, sajdai sahv qilsa kerak" degan o‘y bilan salom bergan edim, imom chap tarafgayam salom berdi. Salovotni oxiriga etkazmaganim sababli farzni qayta o‘qidim, saytda "imomga qo‘shilishib salom beriladi" deb javob berilganakan, man namozni qayta o‘qib noto‘g‘ri qildimmi? 2). Namozda oyatlarni ham, salovot va duolarni ham tez o‘qiyolmayman, sekinroq o‘qiganim sababli hardoim attahiyot va salovotlarda imomdan orqada qolaman, ko‘pincha salovotda ikkinchi "Innaka hamiydum majid"ga kelmasimdan imom salom beradi, man salovot va "Robbana" duosini o‘qib keyin salom berardim. Bu vaziyatda ham salovotni oxiriga etkazmagan bo‘lsam ham salom berilishi to‘g‘ri bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Siz namozni farz, vojib va sunnat amallari qaysi ekanligini aniqlab bilib oling. Siz aytgan ish sunnat amal, uni tark qilish bilan namoz buzilmaydi. 2). To‘g‘ri. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 00:02 | Savol-javoblar | 149 | Namoz