otasi onasini talok kilsa
Assalomu alaykum xurmatli Ustoz! Bir birodarimizning iltimosiga binoan dolzarb mavzuda savol yullamokdaman. Birodarimizning aytishicha dadasi oxiratga, kabrdagi xaetga ishonmas ekan. Yana arok ichishga mukkasidan ketibdi. Eshlari 50dan utgan ekan. Dustimizning onasiga kup zulm utkazar ekan. 2-3 kun oldin ichib olib kuliga pichok olib onasini uldirmokchi bulibdi, yakinlari ajratib kolibdi,yana onasini foxishalikda ayblab xakorat kilibdi. Onasi xam bu zulmlarga chiday olmay javobini surabdi, dadasi xam shu erda "uch talok"san debdi. Dadasi dustimizning onasiga kushib aka-ukalarini xam mening uchun xammang xarom bulding deb uyidan xaydab yuboribdi. Dustimizning uzi xozir rossiyada, nima kilishini bilmasdan boshi kotgan. Ustoz dustimizning uzi ibodatda juda mustaxkam. Dustimiz shu xolatda nima kilsin va ota-onasining masalasi va xukmi nima buladi. Bu oilani yana kayta birlashtirish mumkinmi? Ustoz shunday birodarlarimizning xakkiga va ota-onasi kabi gaflatdagi insonlar uchun xam duo kilib kuying! Javobingiz uchun oldindan raxmat, Allox sizdan va jumlamizdan rozi bulsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ota-onasi taloq masalasida diniy idoraga murojaat qilsinlar. Agar ota siz aytgan gaplarida turib olsa, hukm boshqacha bo‘ladi. Bu gaplarni ham diniy idora xodimlariga aytishsin. Do‘stingiz onasiga hurmat bajo keltiraversin. Otasiga ham, siz aytgan gaplarni e’tiborga olgan holda otalik hurmatini qilsin.Alloh taolo barchamiz qatorida ularni ham hidoyatga boshlasin, inson va tavfiq bersin!
4 May 2022, 00:15 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar