Maslahatingiz kerak
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, sizlarning maslaxatingizga muxtojman. Men 6 oy avval uylandim, 4 oy yashab ota-onam qistovi bilan Qozog‘istonga ishlagani ketdim. Ayolim yosh kelin bo‘lgani va yonida emasligim uchun kiynalyapti. Olib kelishga sharoit yo‘q uni ustiga homilador. O‘zim endi ayolim tug‘ishiga yaqin borib qaytib kelmoqchimasman. Oilam bilan o‘z yurtimda Alloh bergan rizqimni terib yurmoqchiman. Lekin ota-onam meni yana qaytib shu erlarda ishlashimni xohlaydi, chunki akam uy solyapti, shunga 2-3 yil yordam berishing kerak deydilar. Nima qilay ayolimni qiynalishiga qaramasdan yig‘latib ketaymi yoki ota-onamni rayiga qarshi chiqaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ayolingizni nafaqasi sizni zimmangizda vojib. Vaziyatingizni bizdan ko‘ra o‘zingiz yaxshi bilasiz. Ishlagani borish yoki bormaslik ixtiyoringiz. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 17:21 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush