4 ta savol
Assalaamu aleikum muhtaram Shayh Hazratlari. Mani o‘ylantirib kelayotgan savollarim bor edi, iloji bo‘sa shularga oydinlik kiritgan holda javob bersez, tashakkur. 1. Alloh taolo Odam a.s ni yaratganda, unga O‘zini ruhidan kiritgan. Bundan kelib chiqadiki, Alloh taolo bizga O‘zini ruhidan kiritgan bo‘ladi, shundaymi? 2. Hayvonlardayam ruh bo‘ladimi? 3. Mani Dubayda o‘qigan tanishim bor. U bilan tortishib qoldik. Yani, Ahli Sunna Val Jamoada 4 mazhab bor. Bu mazhablarga amal qilganlar InshaAllah Jannatiy insonlar. Shu mazhablardan birini tanlab faqat o‘sha mazhabga amal qilishing kerak. Zarurat paytida boshqa mazhabga amal qiseng bo‘luradi disam, man Hanafiy mazhabiga amal qilaman lekin Payg‘ambarimiz sav ni sunnatlariga ham amal qilaman dib etyapti. Bu digani misol bilan chuntirsam, Hanafiy mazhabida namozda "sabboba" ishorasini "laa ilaha illallah" kalimasi etilganda barmoq ko‘tarilib tushiriladi. U tanishim bunga amal qilmiy Payg‘ambarimiz sav ko‘proq barmoqlarini qimirlatib turganlar digan hadisga suyanib boshidan ohirigacha barmog‘ini qimirlatib turarkan. Shunga aniqlik kiritib maslahat bersez. Unga sizzi gapizzi dalil sifatda ko‘rsatmoqchidim. 4. Ibrohim a.s Hojar ona bilan Ismoil a.s ni Bakka vodiysiga tashlab ketadi. Keyin nechadir yillardan keyin Ibrohim a.s Ismoil a.s bilan uchrashib tushida Ismoil a.s ni so‘yganligini ko‘radi. Qissa shunaqa bo‘ganmi? Ular keyinroq uchrashishganmi? Savollarni iloji boricha aniqroq berishga harakat qildim. Qandaydir hatoliklar yoki surbetliklar bo‘sa avf etishizni so‘riyman. Javobiz uchun rahmat. Alloh sizdan rozi bo‘sin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Shunday.2. Jon bo‘ladi. Arab tilida uni ham ruh deydi.3. Bu kabi ishlar bir mazhabda turgan odamlar o‘rtasida ixtilof chiqarishi borligi uchun ulardan chetlanish tavsiya qilingan. Sizlarning orangizda bo‘lib o‘tgan gap va sizning bu savolni yozishingiz bu gapning tasdig‘i. 4. Qissa shunday bo‘lgan.
4 May 2022, 00:15 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar