Erkaklar surma kuysa buladimi yoki yuk?

Assalamu Alaykum va Raxmatulloxi va Barokatuxu..Shayx Xazratlari ushbu Paygambarimiz S.A.V xakidagi xadisni bir birodarim yuborgan edi, bu xadis rostdan xam bormi, surmani erkaklar kuysa buladimi yoki yuk, bu xadisda bizga kanday foydali tomonlari bor...???**********************************I z o h. Ko‘zga surma qo‘ymoq mustahab va unda tibbiy manfaatlar ham bor. Surma qo‘yuvchi kishi uchun munosibi shuki, savob niyatida surma qo‘ysin, shunda tibbiy nafi bilan birga sunnatga ergashgan savobi ham hosil bo‘ladi. 43. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: “Rasululloh sallollohu alayhi vasallam ko‘z nurini o‘tkir qiladigan, kipriklarni o‘stiradigan ismid nomli surmani ko‘zga qo‘yishni buyurdilar”, va yana Ibn Abbos dedilarki, “Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning bir surmadonlari bor edi. Undan har kecha ko‘zlariga surma qo‘yar edilar. Har ikkala ko‘zlariga uch martadan qo‘yardilar”. 44. Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyquga borishlaridan avval ismid surmasidan har ko‘zlariga uch bor qo‘yar edilar. 45. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Ismid surmasini albatta qo‘yib yuringlar, u surma nazarni tez qiladi va kipriklarni ziyoda o‘stiradi. 46. Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: “Sizlarning surmalaringiz ichida hammadan yaxshisi ismid surmasidir, u ko‘zni ziyoda nurli qiladi va kipriklarni o‘stiradi. I z o h . Yuqoridagi rivoyatlardan ismid surmasini iste’mol etishning afzalligi ma’lum bo‘ladi. Ismid topilmagan paytda, qaysi bir surmani iste’mol qilinsa ham sunnat ado topgan bo‘ladi. I z o h . Ushbu oxirgi hadisning roviylaridan birlarining nomlari Bashir ibn Mufazzaldir. Bu zot haqida ulamolar dedilarki, xar kun to‘rt yuz raka’at nafl namoz va bir kun ro‘za va bir kun iftori doimiy odatlari edi. Alloh rahmat qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu hadislar bor.

29 Aprel 2022, 19:08 | Savol-javoblar | 187 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar