Pul evaziga istig‘for
Assalomu alaykum! Mani kasbim tikuvchi va shuni orqasidan daromad qilaman. O‘z yaqinlarimga sharoitligi ko‘taradigan darajada narx qo‘yaman va roziliklarini olib pul olaman bazan omiman. Savolim yaqinlarimga malum miqdorda istig‘for aytishligini va buni evaziga tikish haqqidan chegirma qilib berishimni aytsam bo‘ladimi? Maqsadim qiziqtrish va istig‘for aytishligiga sababchi bo‘lish. Bunda yaqinlarim savobsiz qolishmidimi yoki niyatni o‘zgartrishligi keremi? Misol uchun Alloh roziligi uchun shu imkoniyattan foydalanib aytvomman istig‘forri degan niyattami. Aytishsa to‘g‘ri bo‘ladimi yoki bunaqa narsa mumkunmasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Istig‘for bu - Allohdan gunohlar kechirilishini so‘rash. Har qanday holat va vaziyatda ham mo‘min kishi istig‘for kalimalarining ma’nosini qalbdan his qilib aytsa Alloh taolo tomonidan albatta qabul bo‘ladi. Gunohlari mag‘firat qilinadi. عن النبي صلى الله عليه وسلم أنه قال: مَنْ لَزِمَ الِاسْتِغْفَارَ جَعَلَ اللَّهُ لَهُ مِنْ كُلِّ ضِيقٍ مَخْرَجًا وَمِنْ كُلِّ هَمٍّ فَرَجًا وَرَزَقَهُ مِنْ حَيْثُ لَا يَحْتَسِبُ. رواه أبو داود Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi: «Kim istig‘for aytishni o‘ziga lozim tutsa, Alloh uning mushkulini kushoyish qiladi, og‘irini engil qiladi va o‘zi o‘ylamagan tomondan rizq beradi», deganlar.
Abu Dovud rivoyati.عن زيد بن حارثة مولى رسول الله صلى الله عليه وسلم من قال أستغفرُ اللهَ العظيمَ الذي لا إلهَ إلَّا هو الحيَّ القيومَ وأتوبُ إليه غُفِرَ له وإنْ كان فرَّ من الزحفِ Nabiy sollallohu alayhi vasallamning mavlolari Zayd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim «Astag‘firullohal aziymallazii laa ilaaha illaa huval-Hayyal-Qayyuma va atuubu ilayhi», desa, mag‘firat qilinadi. Hatto urushdan qochgan bo‘lsa ham», dedilar».
Sharh: Duoning ma’nosi: «Hayy va Qoyyum bo‘lgan, O‘zidan boshqa iloh yo‘q Ulug‘ Allohga istig‘for aytaman va Unga tavba qilaman». Vallohu a’lam!
12 May 2022, 04:57 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar