Idda muddati to‘g‘risida

Assalomu alaykum! Ma’lumki, ayol kishi uchun idda muddati uch marta hayz ko‘rguncha belgilangan, ammo eri yarashish maqsadida bo‘lsa va ayol kishi uch marta hayz ko‘rib bo‘ldim deb aytsa, qanday yo‘l tutish kerak? Idda muddati o‘tmasdan turib, ayolni qaytarib olish mumkinmi? Idda muddati o‘tib ketsa, ayol kishi boshqa inson bilan nikohlandim, deya erini aldashi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yolg‘on har qanday holatda ham yolg‘ondir. Nikohlanishni xohlamasa yolg‘on gapirishni hojati yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:34 | Savol-javoblar | 202 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar