Chorva va bo‘rdoqichilik
Assalamu alaykum! Qishloq sharoitida asosan chorvachilik va bo‘rdoqichilik bilan shug‘ullanishadi. Shu xususda ikkita sovolim bor edi.
1-Chorvachilikni qora mol soxasi bilan shug‘ullanayotgan aksar tadbirkorlar yosh buzoqlarni endi chiqayotgan shoxlarini qoshiqni qizitib bosish yo‘li bilan kuydirib qo‘yishadi(katta bo‘lganda bir-biriga va qarayotgan odamlarga ziyon etkazmasligi uchun). Bu shar’an joizmi?
2-Bo‘rdoqichilik bilan shug‘ulanayotganlarning ba’zilari vinzavod chiqindisi bilan boqishadi. Yaqinda bir tanishimiz shunday vaziyatni ko‘rib, “hatto shu chiqindini egan novvoslar ham kayf bo‘lib qolarkan” dedi. Shu yo‘l bilan boqilgan hayvolarni go‘shti halol bo‘ladimi yoki harom? Xato va kamchiliklar uchun oldindan uzr so‘rayman, xizmatlaringizni Alloh O‘zi munosib taqdirlasin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Joiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zamonalarida ham hayvon yaxshi semirishi uchun ularni bichib qo‘yishar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bundan qaytarmaganlar.
2). O‘sha chiqindi bilan ozuqlantirsa sutiga ham go‘shtiga ham zarari yo‘q. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:02 | Savol-javoblar | 171 | Turli savollar