Joxillarni yomon ko‘rish

Assalomu alaykum! Ba’zi musulmonlar tahorat paytida farz qilingan a’zoni to‘liq yuvishmaydi. Shundaylarni ko‘rsam asabim buziladi. Odam ham o‘z diniga shu qadar e’tiborsiz bo‘ladimi deb ulardan nafratlanaman. Bu qalb kasalligini qanday yo‘q qilsam bo‘ladi. Musulmonlarni yomon ko‘rish gunohmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ularni yomon ko‘rib nafratlanish masalani echimi emas. Uning o‘rniga bilganizcha nasihat qilish yoki o‘sha masjid imomiga aytib jamoatga umumiy qilib tahorat qoidalari o‘rgattirib qo‘yish kerak. Musulmonlarni yomon ko‘rish gunoh hisoblanadi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 13:40 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar