Qazo namoz va ro‘zalar

Assalomu alaykum! Ustozlar, man 18 yoshga kirib namoz va ro‘za tutishni boshladim.
Zikr ahlidan so‘rangda «Xo‘jayinim yoshlikdagi namoz qazolarini o‘qiyatudilar» degan joyiga qiziqib qoldim! Agar men ham qazolarni o‘qiyman desam 31ming rakat namoz va 9ming kun ro‘za tutib berishim kerakmi? Qazoning qonun qoyidalari qanday?
Javobingiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Har bir qoldirgan namozni ham qoldirgan ro‘zani ham farzini vaqtida qanday ado qilinsa, qazolarini ham shunday ado qilinadi. Agar qazolar masjidda o‘qilsa, azon va takbir aytilmasdan o‘qiladi. 9 ming kun ro‘za bo‘lishi mumkin emas. Savolingizni shu joyini tushunmadik. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:17 | Savol-javoblar | 152 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar