Otamning kayfiyati

Assalomu alaykum! Otamning asablari haddan tashqari tugagan. Har bir ikir chikirga asabiylashib ukalarimni oldida urib aynimalab so‘kaveradilar. Sani onang u sani onang bu deb. Umuman tushuntirishga imkon yo‘q. Hech kimni gapini olmaydilar. Hali singlisi bilan urishgan hali onam bilan. Lekin ibodatdan darak yo‘q. Aka ukalarini gapini olmaydilar. O‘zim gapiray desam mani otam. Shunga nima maslahat berasizlar. Yoshlari 49 da?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz bir soliha va namozxon ayolga uylaning. U gapirmasdan go‘zal xizmatini qilsin. Bu ishning imkoni bo‘lmasa siz yuzingizni burishtirmasdan, otangizni gaplarini malol olmasdan muhabbatini qozonishga harakat qiling. Keyin siz bilan maslahatlashadigan, ba’zi bir ishlarni sizni oldingizda qilishga uyaladigan bo‘ladi. Ota-ona o‘zgarmasligi aniq bo‘lgan holatda farzandlar o‘zlarini o‘zgartirishlari, ularni qo‘pol muomalalariga go‘zal muomala qilib, avvalda qilmaydigan xizmatlarini qilishga o‘tish kerak. Biz bu kabi insonlarni go‘zal holtga o‘zgarganlarini ko‘pini ko‘rdik. Farzandlar benamoz va ichuvchi otalarini oyoqlarini uqalab, yuvib, ko‘nglilarini olishga qattiq harakat qilishga tushgandilar Alloh otalarining qalbini ham ularga muhabbatli qilib qo‘ydi. Farzand ota-onasining xizmatida bo‘lganida Alloh ularni doularini ijobat qiladi. O‘sha vaqtlarda farzand otasining tavfiqini so‘rab duolar qilsin. Biz bilgan bir inson bor edi. Qachon biror ehtiyoji bo‘lsa onasining oyoqlarini uqalar va o‘sha uqalayotgan vaqtida Allohdan o‘z hojatlarini so‘rab olar edi. Duolari 1-2 bor ijobat bo‘lganini sezgach hamma hojatlarini Allohdan so‘rashning shu yo‘liga o‘tib olgan. Alloh unga boylikni ham uy joyni ham berdi va o‘ylamagan joylaridan rizqqa ko‘mib qo‘ydi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 00:34 | Savol-javoblar | 181 | Bola tarbiyasi
|
Boshqa savol-javoblar