Savdoda summani yaxlidlash
Assalomu alaykum! Men taksi kompaniyada ish boshqaruvchi bo‘lib ishlayman. Bizga mijozlar byurtma berishadi va uni xaydovchilar bajarishadi va yo‘l xaqqini maxsus dastur yordamida yurgan masofasi va vaqtini xisoblab beradi. Ayrim vaqtlarda ko‘rsatilgan summa 5740 so‘mni tashkil etadi. Shunda mijozlar 5500 bergisi keladi, xaydovchi esa 6000 olaman deb xar ikki xolatdayam garchi roziman desa xam norozichilik alomatlari bo‘lib turadi. Biz shuni o‘ylab va xozirda 200 so‘mlik muomiladan chiqarib yuborilgan bo‘lsa xam tanga xolida va ushbu summa juda ko‘pchilik uchun arzimas summa bo‘lib qolganligi sababli biz ushbu xolatni oldini olish maqsadida 5750 so‘mdan teppada bo‘lsa 6000 so‘m yoki past bo‘lsa 5500 chiqadigan qilib qo‘ydik. Ushbu xolatda adolat o‘rnatgan bo‘lamizmi va shariatda mayda pullarni yaxlidlash bormi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kamini 6000 qilib qo‘yishinglar yaxshi emas. Sizlarni haqqingiz boshqaga o‘tsa o‘tsinki birovlarniki sizlarda qolmasin. Agar 6000 oladigan bo‘lsa albatta roziligini so‘rasin. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 08:05 | Savol-javoblar | 185 | Moliya va tijorat