Qurbonlikka va aqiqaga bitta qo‘y so‘yish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar. Izlash xizmatidan foydalandim u erda 2 xil manodagi javob o‘qidim. Bizning Hanafiy mazxabimizda qurbonlikka so‘yiladigan jonliqni aqiqaga deb ham niyat qilsa bo‘ladi deyilgan. Lekin u erda Alloh O‘zi rahmatiga olgan bo‘lsin shayx Hazratlarini bunday niyat qilib so‘yish joiz emas deb javob berganlar.  Agar men noto‘gri tushungan bo‘lsam uzr so‘rayman. Alloh nisib qilsa keyingi oy farzandli bo‘laman. Shuning uchun men ushbu savolning javobini bilishni istayman. Javobingiz uchun oldindan rahmat sizlarga.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bir jonivorni bir necha kishi so‘yayotganida biri qurbonlikdan boshqasi aqiqadan deb niyat qilishi masalasi aytilgan. Lekin bir kishi ham vojib qurbonlikdan ham aqiqadan deb 1 ta qo‘y so‘yishi yoki ettidan birni "ham unga, ham bunga" deyishi joiz emas. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 14:19 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar